Özbek alifbosini işonçli konvertatsiya qiling
Oʻ/O'/O` → Ö · Gʻ/G'/G` → Ğ · Sh → Ş · Ch → Ç — kod, URL, email va HTML buzilmasdan. Pastda sinab köring.
Hali tarix boş.
Kod-xavfsiz
URL, email, kod bloklari va HTML teglari heç qaçon özgartirilmaydi.Oçiq kodli
Konvertatsiya mantiği oçiq va npm orqali erkin işlatilişi mumkin.Aniqlik
"Is'hoq" kabi noaniq holatlarni luğat asosida töğri ajratadi.Köp beriladigan savollar
Yangi özbek alifbosida neçta harf bor?
28 ta harf: 24 ta oddiy lotin harfi (A dan Z gaça, C va W dan taşqari) hamda tört ta maxsus harf — Ö, Ğ, Ş, Ç.
Eski va yangi alifbo orasidagi farq nimada?
Eski yozuvda ş, ç, ö, ğ ikki yoki uç belgi bilan yozilardi (sh, ch, oʻ, gʻ). Yangi yozuvda bular yagona harfga aylandi.
Kirilçadan yangi alifboga qanday ötkazaman?
Aylantirgiç sahifasida «Kirilça → Yangi» rejimini tanlang, matningizni joylaştiring — natija darhol çiqadi.
«Ng» harfi yöqolib ketdimi?
Yöq, tovuş özi qolgan, faqat alohida harf sifatida yozilmaydi — endi n+g birikmasi sifatida yoziladi.
Matnim serverga yuboriladimi?
Yöq, konvertatsiya töliq brauzeringizda işlaydi, heç qanday matn serverga jönatilmaydi.
Kod fayllarimni (masalan .tsx yoki .js) qanday konvertatsiya qilaman?
npx @imlogram/cli migrate komandasi buning uçun möljallangan — u loyihangizni skanerlaydi, lokal körib çiqiş serverini oçadi va faqat tasdiqlangan özgarişlarni diskka yozadi. Töliq qöllanma: imlogram.uz/hujjatlar.
Özim özgaruvçi loyihamda @imlogram/core kutubxonasini qanday ulayman?
npm/pnpm/yarn orqali ornatib, convertToNew, convertToOld, detect kabi funksiyalarni çaqirasiz — barça funksiyalar, parametrlar va misollar imlogram.uz/hujjatlar sahifasida keltirilgan.
Imlogram tekinmi va oçiq kodlimi?
Ha, MIT litsenziyasi ostida töliq oçiq kodli, npmda va GitHub'da erkin foydalaniş mumkin.
Oçiq kodli loyiha
Imlogram töliq oçiq kodli — konvertatsiya mantiği uçta npm paket (@imlogram/core, @imlogram/parser, @imlogram/cli) sifatida hamma uçun oçiq, öz loyihangizda erkin işlatişingiz mumkin. Boşqa dasturçilarni ham loyihani rivojlantirişga taklif qilamiz — yangi istisno sözlari, bug fix yoki yangi imkoniyatlar bilan.